Ozodbek Nazarbekov "Eshigingda" lyrics

Translation to:ru

Eshigingda

Man nola qilay shomu sahar dod eshigingda,Jonimni beray, shoʻxi parizod, eshigingda.

Ul lolayu rayhonu suman, toza qizil gul,Ham sarv bukildi, qaddi shamshod, eshigingda.

Zulfing sani bu jonima yuz domu boʻladur,Giryonu figʻon, nolayu faryod eshigingda.

Savdoyi muhabbatga tushibman sani izlab,Oʻldirdi gʻaming, koʻzlari jallod, eshigingda.

Ashkim toʻkibon hajru g’amingda kecha kunduz,Vayrona vatan manzili obod eshigingda.

Ul husni jamolingning oʻti Mashrabga tushibdi,Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda.

Here one can find the lyrics of the song Eshigingda by Ozodbek Nazarbekov. Or Eshigingda poem lyrics. Ozodbek Nazarbekov Eshigingda text.