Ozodbek Nazarbekov "Eshigingda" letra

Traducción al:ru

Eshigingda

Man nola qilay shomu sahar dod eshigingda,Jonimni beray, shoʻxi parizod, eshigingda.

Ul lolayu rayhonu suman, toza qizil gul,Ham sarv bukildi, qaddi shamshod, eshigingda.

Zulfing sani bu jonima yuz domu boʻladur,Giryonu figʻon, nolayu faryod eshigingda.

Savdoyi muhabbatga tushibman sani izlab,Oʻldirdi gʻaming, koʻzlari jallod, eshigingda.

Ashkim toʻkibon hajru g’amingda kecha kunduz,Vayrona vatan manzili obod eshigingda.

Ul husni jamolingning oʻti Mashrabga tushibdi,Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda.

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Eshigingda de Ozodbek Nazarbekov. O la letra del poema Eshigingda. Ozodbek Nazarbekov Eshigingda texto.