Ozodbek Nazarbekov "Eshigingda" Songtext

Übersetzung nach:ru

Eshigingda

Man nola qilay shomu sahar dod eshigingda,Jonimni beray, shoʻxi parizod, eshigingda.

Ul lolayu rayhonu suman, toza qizil gul,Ham sarv bukildi, qaddi shamshod, eshigingda.

Zulfing sani bu jonima yuz domu boʻladur,Giryonu figʻon, nolayu faryod eshigingda.

Savdoyi muhabbatga tushibman sani izlab,Oʻldirdi gʻaming, koʻzlari jallod, eshigingda.

Ashkim toʻkibon hajru g’amingda kecha kunduz,Vayrona vatan manzili obod eshigingda.

Ul husni jamolingning oʻti Mashrabga tushibdi,Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda.

Hier finden Sie den Text des Liedes Eshigingda Song von Ozodbek Nazarbekov. Oder der Gedichttext Eshigingda. Ozodbek Nazarbekov Eshigingda Text.