Ozodbek Nazarbekov "Kelgin, gulim" Songtext

Übersetzung nach:en

Kelgin, gulim

Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Go‘zaldursan barcha qoshi kamonlardan,Jonim, seni asragayman yomonlardan.Sadoqatda meningdayin oshig‘ingniTopolmassan Andijonu Surxonlardan.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Jon hovuchlab uzun-uzun kiprigingdan,Bormoqdaman visolning qil ko‘prigidan.Cho‘chimasman jabru jafo, azoblardan,Qo‘rqadurman xaridoring ko‘pligidan.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Qora qoshing qilich bo‘lib sabrim kesar,Oydin yuzing to‘lin oyning yuzin to‘sar,Har qarashing qayta-qayta qul yod etganKo‘nglim uyin bo‘ron kabi kelib buzar.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Hier finden Sie den Text des Liedes Kelgin, gulim Song von Ozodbek Nazarbekov. Oder der Gedichttext Kelgin, gulim. Ozodbek Nazarbekov Kelgin, gulim Text. Kann auch unter dem Titel Kelgin gulim bekannt sein (Ozodbek Nazarbekov) Text.