Ozodbek Nazarbekov "Kelgin, gulim" Слова песни

Перевод на:en

Kelgin, gulim

Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Go‘zaldursan barcha qoshi kamonlardan,Jonim, seni asragayman yomonlardan.Sadoqatda meningdayin oshig‘ingniTopolmassan Andijonu Surxonlardan.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Jon hovuchlab uzun-uzun kiprigingdan,Bormoqdaman visolning qil ko‘prigidan.Cho‘chimasman jabru jafo, azoblardan,Qo‘rqadurman xaridoring ko‘pligidan.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Qora qoshing qilich bo‘lib sabrim kesar,Oydin yuzing to‘lin oyning yuzin to‘sar,Har qarashing qayta-qayta qul yod etganKo‘nglim uyin bo‘ron kabi kelib buzar.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Здесь можно найти слова песни Kelgin, gulim Ozodbek Nazarbekov. Или текст стиха Kelgin, gulim. Ozodbek Nazarbekov Kelgin, gulim текст. Также может быть известно под названием Kelgin gulim (Ozodbek Nazarbekov) текст.