Ozodbek Nazarbekov "Kelgin, gulim" letra

Traducción al:en

Kelgin, gulim

Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Go‘zaldursan barcha qoshi kamonlardan,Jonim, seni asragayman yomonlardan.Sadoqatda meningdayin oshig‘ingniTopolmassan Andijonu Surxonlardan.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Jon hovuchlab uzun-uzun kiprigingdan,Bormoqdaman visolning qil ko‘prigidan.Cho‘chimasman jabru jafo, azoblardan,Qo‘rqadurman xaridoring ko‘pligidan.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Qora qoshing qilich bo‘lib sabrim kesar,Oydin yuzing to‘lin oyning yuzin to‘sar,Har qarashing qayta-qayta qul yod etganKo‘nglim uyin bo‘ron kabi kelib buzar.Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Kelgin, gulim de Ozodbek Nazarbekov. O la letra del poema Kelgin, gulim. Ozodbek Nazarbekov Kelgin, gulim texto. También se puede conocer por título Kelgin gulim (Ozodbek Nazarbekov) texto.