Bevafo
Kuyda – g‘amgin navo,Orom yo‘qdir naydanam,Bevafo, bevafo,Seni ko‘rdim qaydanam?!.Ko‘zim tiyib ko‘zingga,Aldanib sho‘x so‘zingga,Dil bog‘lanar o‘zingga,Seni ko‘rdim qaydanam?!.
Sendan ko‘ngil uzsaydim,Mayli, tanho kezsaydim,O‘z qadrimni sezsaydim,Seni ko‘rdim qaydanam?!.Garchi jafo emaskan,Oshiq “kuydim” demaskan,Ko‘ngil qo‘lda emaskan,Seni ko‘rdim qaydanam?!.