Ozodbek Nazarbekov "Uxlasam" letra

Traducción al:ru

Uxlasam

Qaydan topay senday Laylini,Sahrolarda harchand yig‘lasam,Aytgin axir, jonim, maylimi,Nigohingda qirq kun uxlasam,Qiynog‘ingda, so‘rog‘ingda,Qarog‘ingda qirq kun uxlasam?

Sog‘inaman vaslingni xumor,Shod kimsaga koshki o‘xshasam,Tongi otmas kechada bedor,Nigohingda bir tun uxlasam,Qiynog‘ingda, so‘rog‘ingda,Qarog‘ingda bir tun uxlasam!

Hayot – poyga shomu ertalab,Iloj topib, qani to‘xtasam,Sevib-sevib, seni erkalab,Nigohingda bir zum uxlasam,Qiynog‘ingda, so‘rog‘ingda,Qarog‘ingda bir zum uxlasam?

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Uxlasam de Ozodbek Nazarbekov. O la letra del poema Uxlasam. Ozodbek Nazarbekov Uxlasam texto.