Ozodbek Nazarbekov "Rayhonidur" lyrics

Rayhonidur

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,G’uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur. (x2)Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida, (x2)Gul uza ag’nar, magar ul ikkining davronidur. (x2)O’qi zaxmini ko’rub har yon tanimda, el degay —Kim, bu ko’hi dardning ul lolai nu’monidur.Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko’zumning yoshidur!Ra’d emasdur ko’kka chirmashqon — ko’ngul afg’onidur!E, lojaram, bo’lg’ay parishonu xavoyi men kibiZarra yanglig’ kimki bir xurshid sargardonidur. {x2}Ul pari ishqida, Bobur, ko’nglum andoq telbadur —Kim, sochi zanjiridur, chohi zaqan zindonidur. {x2}Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,G’uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur.Ikki labi xandonidur, ikki labi xandonidur…

Here one can find the lyrics of the song Rayhonidur by Ozodbek Nazarbekov. Or Rayhonidur poem lyrics. Ozodbek Nazarbekov Rayhonidur text.