Ozodbek Nazarbekov "Lola" lyrics

Lola

Lola, lola, haaa…

Xating aro uzoring sabza ichinda lola,Ul chashmi purxumoring loladag’i g’azola.

Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,Go’yo erur namoyon oy tegrasida hola.

Lola, lola, haaa…

Mehru vafoni, ey yor, ko’p ko’rdi sendin ag’yor,Jabru jafoni bisyor qilding manga havola.

Hajringda, ey pariro’, ko’zumdin uchti uyqu,Har kecha tongg’a tegru ishimdur ohu nola.

Lola, lola, haaa…

Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor, har taraf bor,Ishqingda Bobur aylar bu nam yuz risola.

Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,Go’yo erur namoyon oy tegrasida hola.

Lola, lola, haaa…

Here one can find the lyrics of the song Lola by Ozodbek Nazarbekov. Or Lola poem lyrics. Ozodbek Nazarbekov Lola text.