Ozodbek Nazarbekov "Sen bahorsan" lyrics

Translation to:ru

Sen bahorsan

Bu jahonda koʻzlaringdek sim-siyoh charos yoʻq,Gul erursan, gullar ichra senga hech taqqos yoʻq.

Koʻzlaring dil oʻynatur, soʻzlaring dil oʻynatur,Yetti iqlimda seningdek yana bir dilnoz yoʻq.

Sen malaklardan malaksan, tingla, ey, gulchehra yor,Senga oʻtli nisbatimda zarracha pardoz yoq.

Bu jahonda koʻzlaringdek sim-siyoh charos yoʻq,Gul erursan, gullar ichra senga hech taqqos yoʻq.

Sen bahorsan, barcha dilni urdurursan barq va lekBizga qahri qahraton bor, voh, nechunkim yoz yoʻq.

Qay kuni lutfi karamlar, va`dalar qilding va lekKoʻzlaring aytardi hay-hay, bu kalomda rost yoʻq.

Bu jahonda koʻzlaringdek sim-siyoh charos yoʻq,Gul erursan, gullar ichra senga hech taqqos yoʻq.

Here one can find the lyrics of the song Sen bahorsan by Ozodbek Nazarbekov. Or Sen bahorsan poem lyrics. Ozodbek Nazarbekov Sen bahorsan text.