Ozodbek Nazarbekov "Boshta havodur" lyrics

Boshta havodur

Sochiyu qoshiyu ko’zidin boshta havodur,Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

Qosh yosi bila ul qora ko’z g’amza o’qiniUshshoqdin o’zga sorig’a otsa xatodur.

Gar chin desangiz, ko’zi oning ohui Chindur,Xattini, xato qilmasangiz, mushki Xitodur.

Sochiyu qoshiyu ko’zidin boshta havodur,Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

Evrulsam oning boshig’a, topshursam onga jon,Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.

Ishq ichra yoshurg’on yurakim qonini, vahkim,Bu seli sirishkim bori olamg’a yoyodur.

Bobur desa oyini, ne tong, javru jafoliq —Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur.

Sochiyu qoshiyu ko’zidin boshta havodur,Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

Here one can find the lyrics of the song Boshta havodur by Ozodbek Nazarbekov. Or Boshta havodur poem lyrics. Ozodbek Nazarbekov Boshta havodur text.