Yulduz Usmanova "Seni Osmonimga Olib Ketaman" lyrics

Translation to:eltr

Seni Osmonimga Olib Ketaman

Mening shodligimsan, bolaligimsan,Mening g’ussam o’zing, mening armonim.Seni osmonimga olib ketaman,Yerda bizga kun yo’q, kun yo’qdir, jonim!..

Ket, deb haydolmasam netaman,Kel, deb aytolmasam netaman.Seni osmonimga olib ketaman,Seni osmonimga olib ketaman...

Xato qildimmikan men erta kelib,Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?Goho kimliging ham bo’lmaydi bilib,Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,Kel, deb aytolmasam netaman.Seni osmonimga olib ketaman,Seni osmonimga olib ketaman...

O’ylamay deymanu o’ylamay bo’lmas,O’tsang sen tomon bir bo’ylamay bo’lmas.Sen mening hammadan yashirgan sirim,Mening ertagimsan, so’ylamay bo’lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,Kel, deb aytolmasam netaman.Seni osmonimga olib ketaman,Seni osmonimga olib ketaman!..

Here one can find the lyrics of the song Seni Osmonimga Olib Ketaman by Yulduz Usmanova. Or Seni Osmonimga Olib Ketaman poem lyrics. Yulduz Usmanova Seni Osmonimga Olib Ketaman text.