Yulduz Usmanova "Bilaman" lyrics

Translation to:ru

Bilaman

Bizni rashk ayirgan edi asli,Dilda – sog‘inchlar zahri.Unut o‘rtadagi gumonlarniAsl sevgimiz haqqi.

Bilaman,Yorqin kunlarim sen bilan... bilaman,Xatolarim kechirolmassan, bilaman.Balki yo‘lingdan hamQaytmassan, bilaman.

Bilasan,O‘zingdan o‘tgan dardni o‘zing bilasan,G‘ururing yo‘l bermaganini ham bilasan,O‘zingdan ham xatolar o‘tgan, bilasan.

Xafa bo‘lma, sevgilim,Bilib-bilmay diling og‘ritdim.Men senga kerak kunimE`tiborsiz olisga ketdim.Mana, turibman qadring bilib,Qarshingda bir o‘zim.Kecholmadim, ketolmadim...

Nima qilay, o‘zim ketib,Qalbim aslo ketmas sendan,Sevaman, qanday sevgan bo‘lsamO‘sha birinchi kunda...Kel yonimga, endi so‘roq qilib,Sevgimiz qiynama,Kecholmadim, ketolmadim...

Esda qolar ekan birinchi kun...Yod et sevgimiz haqqi.Go‘zallarni ko‘p ko‘rdim dunyoda,Lek tanhosan, sevgilim.

Bilaman, eng yorqin kunlarimSen bilan, bilaman.Xatolarim kechirolmassan, bilaman.Balki yo‘lingdan hamQaytmassan, bilaman.

Bilasan,O‘zingdan o‘tgan dardni o‘zing bilasan,G‘ururing yo‘l bermaganini ham bilasan,O‘zingdan ham xatolar o‘tgan, bilasan............

Here one can find the lyrics of the song Bilaman by Yulduz Usmanova. Or Bilaman poem lyrics. Yulduz Usmanova Bilaman text.