Yulduz Usmanova "Dunyo" lyrics

Translation to:ru

Dunyo

So'zim tingla, dunyo bir muddatBunchalar ham ishlaring g'alat.Yaxshilarni g'amlarga ko'mib,Yomonlarga qilding muruvvat.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.Kimni xo'rlab, kimni suyasan, yorug' dunyosan!Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosanQadamingni qandoq qo'yasan, nohaq dunyosan!

Bo'lsa agar ko'zlaring ochiq,Qilmishingga bir-bir boqib chiq.Dunyo bo'lsang keng bo'lgin dunyo,Va barchaga teng bo'lgin dunyo!

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.Kimni xo'rlab, kimni suyasan, yorug' dunyosan!Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosanQadamingni qandoq qo'yasan, yorug' dunyosan!

Nokaslarni bor qiladursan,Kimki haqso'z xor qiladursan,Egrilarga eshmisan, so'zlaNechun g'alat kor qiladursan.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.Torozingni qanday qo'yasan, yorug' dunyosan!Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.Kimni xo'rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan!

Dunyo! Dunyo! Haqsiz dunyosanQadamingni qandoq 1qo'yasan, nohaq dunyosan!

Here one can find the lyrics of the song Dunyo by Yulduz Usmanova. Or Dunyo poem lyrics. Yulduz Usmanova Dunyo text.