Yulduz Usmanova "Seni Osmonimga Olib Ketaman" Слова песни

Перевод на:eltr

Seni Osmonimga Olib Ketaman

Mening shodligimsan, bolaligimsan,Mening g’ussam o’zing, mening armonim.Seni osmonimga olib ketaman,Yerda bizga kun yo’q, kun yo’qdir, jonim!..

Ket, deb haydolmasam netaman,Kel, deb aytolmasam netaman.Seni osmonimga olib ketaman,Seni osmonimga olib ketaman...

Xato qildimmikan men erta kelib,Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?Goho kimliging ham bo’lmaydi bilib,Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,Kel, deb aytolmasam netaman.Seni osmonimga olib ketaman,Seni osmonimga olib ketaman...

O’ylamay deymanu o’ylamay bo’lmas,O’tsang sen tomon bir bo’ylamay bo’lmas.Sen mening hammadan yashirgan sirim,Mening ertagimsan, so’ylamay bo’lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,Kel, deb aytolmasam netaman.Seni osmonimga olib ketaman,Seni osmonimga olib ketaman!..

Здесь можно найти слова песни Seni Osmonimga Olib Ketaman Yulduz Usmanova. Или текст стиха Seni Osmonimga Olib Ketaman. Yulduz Usmanova Seni Osmonimga Olib Ketaman текст.