Shahrizoda "Samarqandcha" paroles

Traduction vers:tr

Samarqandcha

Samarqandlik uch shahzodaIshq o‘yida bellashibdi.Shahrizoda qizlarigaSovchilarin yo‘llashibdi.Rozi bo‘lsak qo‘sh minoraliKo‘z to‘ymas uylar qurisharmish,Registonning maydonidaTo‘ylar qilib berisharmish.

N a q a r o t:O‘ynang, o‘ynang sho‘x sozimizga,Samarqandning yigitlari,Chidaysizmi nozimizga,Samarqandning yigitlari!

Biri usta zargar ekan,Biri harbiy askar ekan,Yana biri dunyo kezganSayyohu savdogar ekan.Tong otadi, kun botadi,Dillarda zavq uyg‘otadi.“Nafsmi šumo!”* - deb jilmayibOrtimizdan gap otadi.

N a q a r o t: .....(2x)

Shoyadki yo‘q deyolmaymizSizdek ko‘ksi olovlarga,Samarqandning go‘zallaridan, ey,Qolmaymizmi balolarga.Uch og‘ayni botirlargaTillodan taxt tilab keldik,To‘ylariga samarqandchaQo‘shig‘imiz kuylab keldik.

N a q a r o t: ..... (2x)

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Samarqandcha de Shahrizoda. Ou les paroles du poème Samarqandcha. Shahrizoda Samarqandcha texte.