Erkak
Dunyoga kelding – bu ham omad,Yetti muchangiz sog‘u salomat,Bolam deya suyundi onangiz,Bo‘yingdan aylanay! – deydi dadangiz.O‘g‘il bolasiz juda shunday,Yoshlik o‘tib ketdi bir zumdaSolishib, tepishib, yeb kaltaklar –O‘g‘il bola bo‘lib tug‘ilgan-da erkaklar.Ranging oqmi, qora, malla - bo‘lmagin rasvo,Dabdala: aroq, qimor, ko‘knor, nasha,Zinodan qilgin andisha.Qara, barobar emas bu besh qo‘l,Qo‘ygan qadamingga hushyor bo‘l!
N a q a r o t:Erkak, erkak, erkak, erkaklar,Hayot ayamaydi kaltaklar.Erkak, erkak, erkak, erkaklar!Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!
“Bor bo‘l, erkak” deyatgan bu dunyo.Omonat jon, tan. Kim boy? Kimga dor.Kasbing, halollab topgin noningni.Haromdan qoch, qiynama joningni.“Yaratgan!” – degin, xudo qo‘llasin.Qo‘llasin, bandasin o‘zi asrasin.Tirikchilik, deysan, pul qo‘lning kiri,Qarz bo‘lsang to‘la qarz, erkakning eri.Erkakmisan, olmagin qasd,Mard bo‘l endi, nomard emas!Nohaqlik ko‘p bu dunyoda,Erkak bo‘lish oson emas.
N a q a r o t: ..............
Jufti halol yaxshi, bu ham omad,O‘g‘il yo qiz – bu zo‘r ne’mat.Ot bosganni toy ham bosadi,Qo‘yniyam, echkiniyam o‘z oyog‘idan osadi!“Bir boshga – bir o‘lim” – yaxshi bilasan.Otasan – bolaga javob berasan,Hayot go‘zaldir, ajoyib,O‘lim haqdir, bizlar mag‘lub.Oxir borar joy – qora yer,Sherning o‘ligini ham derlar sher.Yana bitta erkakcha gap –O‘zingdan zo‘rmi u, tan ber.O‘zingga, oilangga insof so‘ra,Uyalib qolishdan asrasin jo‘ra.Ollohim, tangrim! Rahim, rahmonsan,Kimni aziz yoki xor qilasan.Qilgin rahm, qil mehr-shafqat,O‘zingdan o‘zgasiga egiltirma faqat.
N a q a r o t: ............... (2x)