Shahrizoda "Ona" paroles

Traduction vers:ru

Ona

Dunyoga kelishimni intizor kutgan,Bolam deb boru yo‘g‘ini tutgan,Mani deb o‘zini yo‘qdek unutganMen uchun muqaddas inson – Onajon.

N a q a r o t:Kulsam kular, yig‘lasam ma’yus boqar,Meni deya qora sochi oqargan,Meni ne xatarli yo‘ldan qaytarganMen uchun muqaddas inson – Onajon.Onajon.

Baxtim ko‘p chopganda suyunib kulgan,Omadim gar ketsa duolar qilgan,Hech kim qolmaganda yonimga kelganMen uchun muqaddas inson – Onajon.

N a q a r o t: ......

Boshingga yog‘sa gar g‘avg‘oyu tashvish,Hatto sevgan yor ham tashlab ketarmish,Mard do‘stlaring orqangdan tarqatsa mish-mish,Sen uchun yig‘lagan ma’yusu xomush,Ayting-chi, do‘stlar, ona emasmi?

N a q a r o t: .......

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Ona de Shahrizoda. Ou les paroles du poème Ona. Shahrizoda Ona texte.