Shahrizoda "Daryo toshqin" paroles

Traduction vers:ru

Daryo toshqin

Daryo – toshqin, suvlar – to‘lqin, o‘tolmayman,Otim – oriq, manzilimga yetolmayman.Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh,Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!Oh, akajonim, quralay ko‘zim!Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh.

Daryolarning o‘r yuzida o‘ylaringiz,Oqarishib ko‘rinadi bo‘ylaringiz,Ipakmidi, baxmalmidi kiyganingiz,Bizlardan ham ortiqmidi suyganingiz?Oh, akajonim, quralay ko‘zim,Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!

Daryolardan o‘tar edim, o‘tar edim,Manzilimga yetar edim, yetar edim,Men suysamu, ul suymasa,men netar edim,Sho‘rlik boshim olib, qayga men ketar edim?Oh, akajonim, quralay ko‘zim,Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Daryo toshqin de Shahrizoda. Ou les paroles du poème Daryo toshqin. Shahrizoda Daryo toshqin texte.