Shahrizoda "Daryo toshqin" lyrics

Translation to:ru

Daryo toshqin

Daryo – toshqin, suvlar – to‘lqin, o‘tolmayman,Otim – oriq, manzilimga yetolmayman.Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh,Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!Oh, akajonim, quralay ko‘zim!Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh.

Daryolarning o‘r yuzida o‘ylaringiz,Oqarishib ko‘rinadi bo‘ylaringiz,Ipakmidi, baxmalmidi kiyganingiz,Bizlardan ham ortiqmidi suyganingiz?Oh, akajonim, quralay ko‘zim,Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!

Daryolardan o‘tar edim, o‘tar edim,Manzilimga yetar edim, yetar edim,Men suysamu, ul suymasa,men netar edim,Sho‘rlik boshim olib, qayga men ketar edim?Oh, akajonim, quralay ko‘zim,Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh!

Here one can find the lyrics of the song Daryo toshqin by Shahrizoda. Or Daryo toshqin poem lyrics. Shahrizoda Daryo toshqin text.