Shahrizoda "Sevishganlar" lyrics

Translation to:ru

Sevishganlar

Koʻzlarida bordur yulduz toʻla osmonlar,Dillarida bordur ushalmagan armonlar,Ular xuddi oppoq bulutlardan tushganlar,Hayotni ham goʻzal etkaydir sevishganlar.

NaqarotHayotni xayollar ichida mast boʻlib yashaydilarSevishganlar.Hayotdan yaralgan bir goʻzal dunyoga oʻxshaydilarSevishganlar.Xayollar, xayollar ichida mast boʻlib yashaydilarSevishganlar.Xayoldan yaralgan bir goʻzal dunyoga oʻxshaydilarSevishganlar.

Balki, ular - roʻyoga aylangan ertaklar,Koʻngillarni yaxshilik tomonga etaklar.Axir ular dunyoda baxtiga yetishganlar,Hayotni ham goʻzal etkaydir sevishganlar.

Naqarot …

Yuraklarida zarracha bir gʻubor yoʻq,Faqat bir sevgi yonadi misoli choʻgʻ.

Naqarot …

Here one can find the lyrics of the song Sevishganlar by Shahrizoda. Or Sevishganlar poem lyrics. Shahrizoda Sevishganlar text.