Shahrizoda "Ishq otashi" lyrics

Ishq otashi

Visoling ko‘rsam yonaman,Xuddi afsunga xayolim olgansan.Sevgim pinhon tutaman,Uni bilolmay yonasan.

Oroming qo‘llarimda,Unutib aqling maftunsan, bedorsanQalbimga sohib o‘zing,Buni bilolmay yonasan.

Ehtirosga to‘ladi,Sig‘maydi vujudimga,Noz ila xayolim uchar senga. (2x)

Ishqimiz otashin,Eritsin tog‘lardagi qorni,Begona aylasinQayg‘u-ozorni.

Meni deb ozor chekasan,Tabassum aylab shodlikka to‘laman.Ko‘rinmay ozor etasan,Har lahza mahzun bo‘laman.

O‘chmas jilolarni*Beshafqat qalbingga mehrim joyladi,Yondirib, zor erkalanibQalbimni senga bog‘ladim.

Ehtirosga to‘ladi,Sig‘maydi vujudimga,Noz ila xayolim uchar senga. (2x)

Ishqimiz otashin,Eritsin tog‘lardagi qorni,Begona aylasinQayg‘u-ozorni. (2x)

Here one can find the lyrics of the song Ishq otashi by Shahrizoda. Or Ishq otashi poem lyrics. Shahrizoda Ishq otashi text.