Nilufar Usmonova "Poppuri" lyrics

Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondir,
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondir. (2x)

Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak!
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan booychechak!
Bola-bola-bola, bola-bola-bola, boychechak!
Boychechak!

Boychechagim hilloli,
Hamyon-hamyon tilloli,
Hamma bozor - bir bozor,
Atroflari lolazor. (2x)

Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak!
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan booychechak!
Bola-bola-bola, bola-bola-bola, boychechak!
Boychechak!
******
Yorim boru yorim bor,
Ko‘zlari xumorim bor,
Yorim sevadi jondan,
Yana ming armonim bor. (2x)

Yumalab-yumalab aytaman,
Yumalab ketsa qaytaman. (2x)
Yurakdagi dardimni
Yorginamga aytolmay. (2x)

Yor yaxshiyu yor yaxshi,
Yoru vafodor yaxshi.
Yor ko‘nglini kuylashga
Jaranglagan tor yaxshi. (2x)

Yumalab-yumalab aytaman,
Yumalab ketsa qaytaman. (2x)
Yurakdagi dardimni
Yorginamga aytolmay. (2x)
Yumalab!..
******
Oq teragu ko‘k terak,
Bizdan sizga kim kerak? (4x)

Dilim diliga payvand,
Tili shirin, tili qand,
Mehrim, ishqim unga band
Shakarguftorim kerak! (2x)

Jaranglaydi sho‘x sozi,
Bulbulsimon ovozi,
Jonginamga dil nozi,
Asl dildorim kerak!

- He-he-he-he...
- Ho‘, Alish! Nima?
- Uzr.

Oq teragu ko‘k terak,
Bizdan sizga kim kerak? (3x)
******