Nilufar Usmonova "Uchar Qiz" lyrics

Uchar Qiz

Shabnam bo‘lib gullarning bag‘rida,Navo bo‘lib kuylarning avjida,Qalbingdan izladim tinmay sevgi

Shamol bo‘lib sen tomon uchar edim,Seni deb har nedan kechar edim,Hech asrayolmading lekin meni

Anglay olmay balki ko‘zlaringdanMenga bo‘lgan qalbing tuyg‘ulariUchib ketarman, sen meni izlama

Uchar qizning nolasin tinglagin,Sen endi tunlar yolg‘izsan, anglagin,Endi meni samodan izlaginXayr, alvido(×2)

Yo‘q balki senikiday yuragim,Mening balki senga yo‘q keragim,Lekin senga borimni berib sevardim

Yaxshi-yomon gaplarimga kechir,Goh ustun kelar ekan g‘urur,G‘urur ila ikki tomon ketding nega?

Anglay olmay balki ko‘zlaringdan,Menga bo‘lgan qalbing tuyg‘ulariUchib ketarman, sen meni izlama

Uchar qizning nolasin tinglagin,Sen endi tunlar yolg‘izsan, anglagin,Endi meni samodan izlagin.Xayr, alvido(×2)

Here one can find the lyrics of the song Uchar Qiz by Nilufar Usmonova. Or Uchar Qiz poem lyrics. Nilufar Usmonova Uchar Qiz text.