Nilufar Usmonova "Poppuri" letra

Poppuri

Boychechagim boylandi,Qozon to‘la ayrondir,Ayroningdan bermasang,Qozon-tovog‘ing vayrondir. (2x)

Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak!Yumshoq yerdan yumalab chiqqan booychechak!Bola-bola-bola, bola-bola-bola, boychechak!Boychechak!

Boychechagim hilloli,Hamyon-hamyon tilloli,Hamma bozor - bir bozor,Atroflari lolazor. (2x)

Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak!Yumshoq yerdan yumalab chiqqan booychechak!Bola-bola-bola, bola-bola-bola, boychechak!Boychechak!******Yorim boru yorim bor,Ko‘zlari xumorim bor,Yorim sevadi jondan,Yana ming armonim bor. (2x)

Yumalab-yumalab aytaman,Yumalab ketsa qaytaman. (2x)Yurakdagi dardimniYorginamga aytolmay. (2x)

Yor yaxshiyu yor yaxshi,Yoru vafodor yaxshi.Yor ko‘nglini kuylashgaJaranglagan tor yaxshi. (2x)

Yumalab-yumalab aytaman,Yumalab ketsa qaytaman. (2x)Yurakdagi dardimniYorginamga aytolmay. (2x)Yumalab!..******Oq teragu ko‘k terak,Bizdan sizga kim kerak? (4x)

Dilim diliga payvand,Tili shirin, tili qand,Mehrim, ishqim unga bandShakarguftorim kerak! (2x)

Jaranglaydi sho‘x sozi,Bulbulsimon ovozi,Jonginamga dil nozi,Asl dildorim kerak!

- He-he-he-he...- Ho‘, Alish! Nima?- Uzr.

Oq teragu ko‘k terak,Bizdan sizga kim kerak? (3x)******

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Poppuri de Nilufar Usmonova. O la letra del poema Poppuri. Nilufar Usmonova Poppuri texto.