Traditional Songs "Qurbon O'lam" letra

Traducción al:ru

Qurbon O'lam

Kel-keley, mohiliqo, husningga qurbon o`lam,Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o`lam,Chashmi masti labi xandoningga qurbon o`lam,Oftobi ruyi toboningga qurbon o`lam,Qadi navrastayi larzoningga qurbon o`lam,Man sana qurbon o`lam.

Ikki qoshing qalamu, ikki ko`zing chashamai nur,Barq urib oyinadek siynayi sofing ko`rinur,Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur,Yo`q nazokat ichida sen kabi durdonayi dur,Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam,Man sana qurbon o`lam.

Tishlaring gavharu har bir suxaning obi hayot,G`unchadek ikki labingdin to`kilur qandu novot,Yozilur sahfayi devoningga yuz ming hasanot,Gul yuzingdan manga bir bo`sa berib ayla zakot,Man sani ro`yi gulistoningga qurbon o`lam,Man sana qurbon o`lam.

Qo`llaring panjayi xurshid, beling g`unchamiyon,Ko`ylak ichra badaning sof erur obiravon,Rahm qil, kel, mani og`ushima ey, ofatijon...

Man sanga banda bo`lib, hatto g`uloming bo`loyin,Barq urib qoshingda parvonasifat o`rgiloyin,Manga zulm aylama, o`shal yuzing ko`royin,Kulbayi hokingga siynamni qo`yib jon beroyin,Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy demakim,Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam,Man sana qurbon o`lam,Yor sana qurbon o`lam.

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Qurbon O'lam de Traditional Songs. O la letra del poema Qurbon O'lam. Traditional Songs Qurbon O'lam texto. También se puede conocer por título Qurbon Olam (Traditional Songs) texto.