Sevara Nazarkhan "Sen" lyrics

Translation to:rutr

Sen

Bu ko‘ngilni shodliklarga to‘ldirguvchi – sen,Gar istasang, meni yeldek yeldirguvchi – sen.Gar istasang, bir lahzada shodumon etib,Bir lahzada yurak-bag‘rim tildirguvchi – sen.Gar istasang, samolarga ko‘tarib boshim,Gar istasang, aro yo‘lda qoldirguvchi – sen.Ixtiyorim qo‘lingdadur har soniyada,O‘ldirguvchi yoki xurram qildirguvchi – sen.Itoatdan o‘zgasini bilmasman, sina,Bardoshimni tinmay sinoq qildirguvchi – sen.Yetar endi, shodlik keltir menga, dilorom,Boshginamga neki kelsa, keltirguvchi – sen,Bu ko‘ngilni shodliklarga to‘ldirguvchi – sen...

Here one can find the lyrics of the song Sen by Sevara Nazarkhan. Or Sen poem lyrics. Sevara Nazarkhan Sen text.