Bir kam dunyo
Gohida g‘am, goh quvonch,allaqanday tashvishlar,gohi gumon, goh ishonchqalb qafasin to‘ldirar.O‘zimizga ishonib,gohi birga bo‘lamiz,musibat yetgan chog‘dazaif titrab qolamiz.Bu hayot dengizidabiz misoli tomchilar,har tomchi amalidandunyo to‘ri to‘qilar.Bir kam dunyo...Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘uunda birga turar.Bir kam dunyo!Bir kam dunyo!..Yaxshilik va yomonlikmudom bahsin surar.Bir kam dunyo,sinovingdan o‘tishgahar kim madad, najot tilar.Muhabbat - shirin og‘u.Ishq qo‘liga aylanib,bevafoning ahdigagoh qolamiz aldanib.Mashaqqatli bu hayotaslida bir muallim.Xom sut emgan bandalar,undan olmaymiz ta’lim.Baxt boylikka cho‘mgandayo‘qotamiz halovat,dunyo bir kamligigahech qilolmaymiz toqat.Bir kam dunyo!...Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘uunda birga turar.Bir kam dunyo!..Sinovingdan o‘tishgahar kim madad, najot tilar...”