Ulug‘bek Rahmatullayev "Nega Ma'yussan" lyrics

Translation to:tr

Nega Ma'yussan

Sevgilim, bu oqshom – visol kechasi,Ikkimiz zor kutgan diydor kechasi,Ko’ngillar uchrashgan xumor kechasi,Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Yonimda bo’lsang ham, go’yo yolg’izsan,Kemasin yo’qotib qo’ygan dengizsan,Tunlar boshimda nursan, yulduzsan,Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?Yorim, nega ma’yussan?Jonim, nega ma’yussan?Aytgin, nega ma’yussan?

Seni buncha nima qiynamoqda, ayt?Yashashni o’rgatgin g’amga qasdma-qasd!Qalbing o’rtamoqda bilmam qanday dard,Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?Yorim, nega ma’yussan?Jonim, nega ma’yussan?Aytgin, nega ma’yussan?

Yoki mendan xato o’tdimi?Biror gapim og’ir botdimi?Yoki seni boshqalar ranjitdimi?Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Bunga chidolmayman – ichim yomon tor,Buncha qiynaguncha jonimni ol.Mening aybim nima, bu nima ahvol?Nega ma’yussan, nega ma’yus?Jonim…



Here one can find the lyrics of the song Nega Ma'yussan by Ulug‘bek Rahmatullayev. Or Nega Ma'yussan poem lyrics. Ulug‘bek Rahmatullayev Nega Ma'yussan text. Also can be known by title Nega Mayussan (Ulug‘bek Rahmatullayev) text.