Ulug‘bek Rahmatullayev "Nega Ma'yussan" Songtext

Übersetzung nach:tr

Nega Ma'yussan

Sevgilim, bu oqshom – visol kechasi,Ikkimiz zor kutgan diydor kechasi,Ko’ngillar uchrashgan xumor kechasi,Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Yonimda bo’lsang ham, go’yo yolg’izsan,Kemasin yo’qotib qo’ygan dengizsan,Tunlar boshimda nursan, yulduzsan,Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?Yorim, nega ma’yussan?Jonim, nega ma’yussan?Aytgin, nega ma’yussan?

Seni buncha nima qiynamoqda, ayt?Yashashni o’rgatgin g’amga qasdma-qasd!Qalbing o’rtamoqda bilmam qanday dard,Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Jonim, nega ma’yussan?Yorim, nega ma’yussan?Jonim, nega ma’yussan?Aytgin, nega ma’yussan?

Yoki mendan xato o’tdimi?Biror gapim og’ir botdimi?Yoki seni boshqalar ranjitdimi?Nega ma’yussan, nega ma’yus?

Bunga chidolmayman – ichim yomon tor,Buncha qiynaguncha jonimni ol.Mening aybim nima, bu nima ahvol?Nega ma’yussan, nega ma’yus?Jonim…



Hier finden Sie den Text des Liedes Nega Ma'yussan Song von Ulug‘bek Rahmatullayev. Oder der Gedichttext Nega Ma'yussan. Ulug‘bek Rahmatullayev Nega Ma'yussan Text. Kann auch unter dem Titel Nega Mayussan bekannt sein (Ulug‘bek Rahmatullayev) Text.