Gulsanam Mamazoitova "Yo'lingga suvlar sepsam" Songtext

Übersetzung nach:rutr

Yo'lingga suvlar sepsam

Mani yor etay depsan,Olislardan izlab kepsan,Oʻylamagin rozidur deb,Yoʻlingga suvlar sepsam.

Tor koʻchadan, tosh yoʻlakdan,Baxtingni izla boʻlakdan,Ovora boʻlma joy soʻrab,Egasi bor bir yurakdan.

Soy oqadi tez, shovullab,Ishqimda yonma lovullab,Yorim bor, poylab yurar,Qadamlarim qorovullab.

Mani yor etay depsan,Olislardan izlab kepsan,Oʻylamagin rozidur deb,Yoʻlingga suvlar sepsam.

Noz qilaman nozlar bilan,Kuylayman shoʻx sozlar bilan,Bekordan oʻt yoqib qoldiYoʻlimga pardozlar bilan.

Qoshi koʻzim qaro dema,Shundan bir yaro dema,Agar akam bilar boʻlsa,Qaydan keldi balo dema.

Mani yor etay depsan,Olislardan izlab kepsan,Oʻylamagin rozidur deb,Yoʻlingga suvlar sepsam.

Hier finden Sie den Text des Liedes Yo'lingga suvlar sepsam Song von Gulsanam Mamazoitova. Oder der Gedichttext Yo'lingga suvlar sepsam. Gulsanam Mamazoitova Yo'lingga suvlar sepsam Text. Kann auch unter dem Titel Yolingga suvlar sepsam bekannt sein (Gulsanam Mamazoitova) Text.