Gulsanam Mamazoitova "Yo'lingga suvlar sepsam" paroles

Traduction vers:rutr

Yo'lingga suvlar sepsam

Mani yor etay depsan,Olislardan izlab kepsan,Oʻylamagin rozidur deb,Yoʻlingga suvlar sepsam.

Tor koʻchadan, tosh yoʻlakdan,Baxtingni izla boʻlakdan,Ovora boʻlma joy soʻrab,Egasi bor bir yurakdan.

Soy oqadi tez, shovullab,Ishqimda yonma lovullab,Yorim bor, poylab yurar,Qadamlarim qorovullab.

Mani yor etay depsan,Olislardan izlab kepsan,Oʻylamagin rozidur deb,Yoʻlingga suvlar sepsam.

Noz qilaman nozlar bilan,Kuylayman shoʻx sozlar bilan,Bekordan oʻt yoqib qoldiYoʻlimga pardozlar bilan.

Qoshi koʻzim qaro dema,Shundan bir yaro dema,Agar akam bilar boʻlsa,Qaydan keldi balo dema.

Mani yor etay depsan,Olislardan izlab kepsan,Oʻylamagin rozidur deb,Yoʻlingga suvlar sepsam.

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Yo'lingga suvlar sepsam de Gulsanam Mamazoitova. Ou les paroles du poème Yo'lingga suvlar sepsam. Gulsanam Mamazoitova Yo'lingga suvlar sepsam texte. Peut également être connu par son titre Yolingga suvlar sepsam (Gulsanam Mamazoitova) texte.