Gulsanam Mamazoitova "Xush keldingiz" paroles

Traduction vers:tr

Xush keldingiz

Assalom dermiz yurakdan avvalo xush keldingiz,Izlaringiz gardi ko’zga to’tiyo, xush keldingiz.Bu ko’ngil ko’zgusining qolmas g’ubori zarracha,Qalbimiz olgay yana nuru-ziyo xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Siz bilan ilhomimiz parvozi yuksalgay yana,Shod bo’lar endi bugun yeru-samo xush keldingiz.Raqs etar raqqosalar yuz jilva birla noz etib,Aylagay tovus hirom, gulgun sabo xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Assalom dermiz yurakdan avvalo xush keldingiz,Izlaringiz gardi ko’zga to’tiyo, xush keldingiz.Jo’r bo’lar xonandalar, xonishlarida so’z bilan,Qutlayin turli g’azalda, shokiro xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Xush keldingiz de Gulsanam Mamazoitova. Ou les paroles du poème Xush keldingiz. Gulsanam Mamazoitova Xush keldingiz texte.