Gulsanam Mamazoitova "Xush keldingiz" Songtext

Übersetzung nach:tr

Xush keldingiz

Assalom dermiz yurakdan avvalo xush keldingiz,Izlaringiz gardi ko’zga to’tiyo, xush keldingiz.Bu ko’ngil ko’zgusining qolmas g’ubori zarracha,Qalbimiz olgay yana nuru-ziyo xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Siz bilan ilhomimiz parvozi yuksalgay yana,Shod bo’lar endi bugun yeru-samo xush keldingiz.Raqs etar raqqosalar yuz jilva birla noz etib,Aylagay tovus hirom, gulgun sabo xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Assalom dermiz yurakdan avvalo xush keldingiz,Izlaringiz gardi ko’zga to’tiyo, xush keldingiz.Jo’r bo’lar xonandalar, xonishlarida so’z bilan,Qutlayin turli g’azalda, shokiro xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Hier finden Sie den Text des Liedes Xush keldingiz Song von Gulsanam Mamazoitova. Oder der Gedichttext Xush keldingiz. Gulsanam Mamazoitova Xush keldingiz Text.