Gulsanam Mamazoitova "Qaydasan" Songtext

Qaydasan

Ay menim shirin zabon oromijonim qaydasan,Bu ko'ngil bo'stonida g'unche dahonim qaydasan?

Necha kundir bu ko'ngil mushtaqi diydoring erur,O'rgilay ay dilbarim shirinzabonim qaydasan?

Qaydasan yor qaydasan oromijonim qaydasan,Qaydasan yor qaydasan ay mihribonim qaydasan?

Ayirilib men yordan bir necha kun bo'ldim judo,Axtarib keldim seni guncha dahonim qaydasan?

Holimiz behad yomondir kelmading holim so'rab,Ay manim ho'sh mihribon oromijonim qaydasan?

Ko'zlarim ko'rmas bolib qoldi bu g'am sahrosida,Hosratingda chiqti bu ohu fig'onim qaydasan?

Teshna labdur Mashrabon, bo'ldi yuragim ham kabob,Firqotingda ay meni ho'sh mihribonim qaydasan?

Qaydasan yor qaydasan oromijonim qaydasan,Qaydasan yor qaydasan ay mihribonim qaydasan?

Hier finden Sie den Text des Liedes Qaydasan Song von Gulsanam Mamazoitova. Oder der Gedichttext Qaydasan. Gulsanam Mamazoitova Qaydasan Text.