Manzura "Azizim" Songtext

Übersetzung nach:enru

Azizim

Azizim, koʻk ichra hiloling boʻlib,Kelsang – gul, kelmasang madoring boʻlib,Hayol ichra topgan haloling boʻlib,Bir yorugʻ oʻylardan seni tiladim.

Azizim, eng shirin hayoling boʻlib,Vaslingga talpingan ozoring boʻlib,Yor boʻlib bir senga, ham zoring boʻlib,Bir ogʻriq oʻylardan seni tiladim.

Sevgilim, sogʻingan timsoling boʻlib,Tushlaringdan soʻrgan savoling boʻlib,Aldasang-avrasang, uvoling boʻlib,Ishonib seni bir baxtdan soʻradim. (2x)

«Azizim, tilagim tillolar boʻldi,Nigohing, nigohing olovlar boʻldi,Ishq degan boshimga balolar boʻldi,Anbari boʻylardan seni tiladim.»

«Azizim, Shoh edim, gadolar boʻldim,Jon edim, joningga fidolar boʻldim,Sen menga boqmasang, adolar boʻldim,Bir hazin kuylardan seni tiladim.»

Sevgilim, sogʻingan timsoling boʻlib,Tushlaringdan soʻrgan savoling boʻlib,Aldasang-avrasang, uvoling boʻlib,Ishonib seni bir baxtdan soʻradim. (4x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Azizim Song von Manzura. Oder der Gedichttext Azizim. Manzura Azizim Text.