Manzura "Qalbim" Songtext

Übersetzung nach:ru

Qalbim

Meni tashlab yomonlarga,Yor, beqaror, ketdingmu?Shaydo dilni jafolardaXor‚ giriftor etdingmu?Ko‘zlarimning yoshlariga,Yor, sen takror yetdingmi?Seni sevgan yuragimniZor, intizor etdingmi?

Qalbim seni sog‘inadi,Yuragim yig‘laydi,Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.Qalbim sensiz og‘rinadi,Yuragim kulmaydi,Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,O bilmaydi!

Dunyo bo‘lib ko‘zlarimga tor,Zulmatda qoldimmu?Sensiz og‘ir armonlarni,Yor, yurakka soldimmu?Yog‘di sevgim g‘unchasigaQor, dilimni tildingmu?Sensiz qalbim yashamaydi,Yor, holimni bildingmu?

Qalbim seni sog‘inadi,Yuragim yig‘laydi,Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.Qalbim sensiz og‘rinadi,Yuragim kulmaydi,Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,O bilmaydi!

Hier finden Sie den Text des Liedes Qalbim Song von Manzura. Oder der Gedichttext Qalbim. Manzura Qalbim Text.