Manzura "Tingla Faryodim" Songtext

Tingla Faryodim

Yetay deya inson orzu-havasiga,Yashar ekan bo'ysunib u o'z nafsigaUmr o'tib ketaverar o'z aksiga,Xayollarda halovatni topib bo'lmas.

Soxta chiroy, soxta kulgu, soxta so'zlarTokay inson obro'-mansabini ko'zlar?Ayting, oh bu ne ko'rgilik, ming afsuslarOqibatdan oxiratni topib bo'lmas ey.

Tingla faryodim, tingla,Ey Tangrim, nolalarimni tingla.Sabr to`ldirib dilga,Sol o`zing bizlarni to`g`ri yo`lga.

Oshiqlikning ko'chasini oxiri yo'qBu ko'chada bir chin Zuhro, Toxiri yo'qYurak uchun bu darddanda og'iri yo'qMuhabbatda go'zal baxtni topib bo'lmas.

Ochiq-oydin sevib gunoh qilsa takror,Qayda qoldi yuz-andisha, nomus-u or?Sevgidan ham bo'lib qoldi odam bezor,Xiyonatda hijolatni topib bo'lmas ey.

Tingla faryodim, tingla,Ey Tangrim, nolalarimni tingla.Sabr to`ldirib dilga,Sol o`zing bizlarni to`g`ri yo`lga. (2x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Tingla Faryodim Song von Manzura. Oder der Gedichttext Tingla Faryodim. Manzura Tingla Faryodim Text.