Yulduz Usmanova "Ayol oshiq bo'lsa gar" Songtext

Übersetzung nach:ru

Ayol oshiq bo'lsa gar

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Guldan bo‘sa oladi.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Yonar, o‘tda qoladi.

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Arslon tonar izidan.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Yomg‘ir yog‘ar ko‘zidan.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Meni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga meni qaratding.Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Bizni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga bizni qaratding.

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Hayf sanalmas gunohi.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Topilmagay panohi.

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Unga qadah tutarlar.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Begap tavba kutarlar.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Meni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga meni qaratding.Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Bizni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga bizni qaratding. (3x)

Hier finden Sie den Text des Liedes Ayol oshiq bo'lsa gar Song von Yulduz Usmanova. Oder der Gedichttext Ayol oshiq bo'lsa gar. Yulduz Usmanova Ayol oshiq bo'lsa gar Text. Kann auch unter dem Titel Ayol oshiq bolsa gar bekannt sein (Yulduz Usmanova) Text.