Yulduz Usmanova "Dayuslar" Songtext

Übersetzung nach:enru

Dayuslar

To'ng'izda rashk bo'lmaydiGo'shti harom deydilar,Rashki yo'q, ammo to'ng'iz,Yorin yotga qoshmaydi.

Bir maskan bor erkaklarG’urur-orin toptaydi,Xotinin, qizin sotib,Davlat yemak g'amlaydi.

Qo’shni qiz chetga ketsa,O’qishga deb o’yladik,Xotinchi yo’lga yursa,Tiriklik deb so’yladik.

Naqorot:Ularning nomi – dayuslar,Dunyo bundan mayuslar,Nahot hazar qilmaydi,Kimligini bilmaydi.

Ularning nomi – dayuslar,Dunyo bundan mayuslar,Nahot hazar qilmaydi,Or nomusin toptaydi,Ularning nomi - dayuslar!

Peshona taqdir debon,So’ylar bizga ertaklar,Insonmas, hayvondanda,Jirkanch, dayus erkaklar.

Xotin anday, er bundayKo’kragi to’la g’ururlar,Qiyomatning belgisi,Xabar osha dayuslar

Bolalik to’yin ko’rib,Ho’p o’zlari yayradi,Lekin o’z qizlarigaBaxtni ravo kormadi…

Naqorot:Ularning nomi – dayuslar,Dunyo bundan mayuslar,Nahot hazar qilmaydi,Kimligini bilmaydi.

Ularning nomi – dayuslar,Dunyo bundan mayuslar,Nahot hazar qilmaydi,Or nomusin toptaydi,Ularning nomi - dayuslar!

Hier finden Sie den Text des Liedes Dayuslar Song von Yulduz Usmanova. Oder der Gedichttext Dayuslar. Yulduz Usmanova Dayuslar Text.