Yulduz Usmanova "Ayol oshiq bo'lsa gar" letra

Traducción al:ru

Ayol oshiq bo'lsa gar

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Guldan bo‘sa oladi.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Yonar, o‘tda qoladi.

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Arslon tonar izidan.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Yomg‘ir yog‘ar ko‘zidan.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Meni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga meni qaratding.Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Bizni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga bizni qaratding.

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Hayf sanalmas gunohi.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Topilmagay panohi.

Erkak oshiq bo‘lsa gar,Unga qadah tutarlar.Ayol oshiq bo‘lsa gar,Begap tavba kutarlar.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Meni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga meni qaratding.Mayli, mayli, shukr, Ollohim.Bizni ayol etib yaratding.Nima, nima edi gunohlar –Ishq yo‘liga bizni qaratding. (3x)

Aquí se puede encontrar la letra de la canción Ayol oshiq bo'lsa gar de Yulduz Usmanova. O la letra del poema Ayol oshiq bo'lsa gar. Yulduz Usmanova Ayol oshiq bo'lsa gar texto. También se puede conocer por título Ayol oshiq bolsa gar (Yulduz Usmanova) texto.