Dunyoni bering bolajonlarga
Nimani ko‘rgandi dunyoga kelib?Ko‘rgani zorligu, daryo kabi qon. (x2)Bolam, degim keldi ko‘nglim ezilib, {x2}Yo‘rgagi kafanlik bo‘lgan bolajon.
Jangohga aylandi bu kun diyoring,Qismating ko‘z yoshmi, taqdirmi, alam? (x2)Balki qo‘g‘irchog‘ing kutar diydoring, {x2}Qo‘g‘irchog‘idan ham umri oz bolam.
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,Loladan ham mahzun jonajonlarga,Kulgusi yig‘iga ulanmasin hech,Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)
Qo‘lingga qurolmas, ko‘p o‘yinchoqlarYarashar edi-ku murg‘akkina jon. (x2)Seni zor etganlar tortadi ohlar, {x2}Bir kuni uvoling tutar, bolajon.
Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,Loladan ham mahzun jonajonlarga,Kulgusi yig‘iga ulanmasin hech,Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)
Onangni topolmay sarson-u sargardon,Munchoq ko‘zlaringdan tomchilaydi yosh.Ohingdan titraydi zamin-u zamon,Senga oy onadir, otadir quyosh.