Sardor Rahimxon "Hargiz" testo

Traduzione in:enru

Hargiz

Shu kun borgum, kut dediyu,Kelmadi bevafo hargiz.Va’da berib ming bora, lekQilmadi bir vafo hargiz.

O‘zi avval shaydo edi,So‘ngra o‘tga tashlab ketib,Ming dardga giriftor etib,Bilmaydi holimni hargiz.

Naqarot:Hargiz, hargiz!Kelmaydi bevafo hargiz!Hargiz, hargiz!Kelmadi bevafo hargiz!

Yurur doim shodu xurram,Afsonadur man ne desam,Sevgimga vafo tilasam,Tugamadi jafo hargiz.

Naqarot: .....

Ishonaman sevadi deb,Sevgim qaydan – biladi deb,O‘zi izlab keladi deb,Umid uzmam aslo hargiz.

Naqarot: ....

Shahzoda lol jamolidan,Gul rashk etib kamolidan,Berib xabar visolidan,Esmadi bir sabo hargiz.

Hargiz, hargiz!Esmadi bir sabo hargiz!Hargiz, hargiz!Kelmadi bevafo hargiz!

Hargiz, hargiz!Bilmaydi holimni hargiz!Hargiz, hargiz!Kelmadi bevafo hargiz!

Qui è possibile trovare il testo della canzone Hargiz di Sardor Rahimxon. O il testo della poesie Hargiz. Sardor Rahimxon Hargiz testo.