Sardor Rahimxon "Dunyoni bering bolajonlarga" paroles

Dunyoni bering bolajonlarga

Nimani ko‘rgandi dunyoga kelib?Ko‘rgani zorligu, daryo kabi qon. (x2)Bolam, degim keldi ko‘nglim ezilib, {x2}Yo‘rgagi kafanlik bo‘lgan bolajon.

Jangohga aylandi bu kun diyoring,Qismating ko‘z yoshmi, taqdirmi, alam? (x2)Balki qo‘g‘irchog‘ing kutar diydoring, {x2}Qo‘g‘irchog‘idan ham umri oz bolam.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,Loladan ham mahzun jonajonlarga,Kulgusi yig‘iga ulanmasin hech,Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)

Qo‘lingga qurolmas, ko‘p o‘yinchoqlarYarashar edi-ku murg‘akkina jon. (x2)Seni zor etganlar tortadi ohlar, {x2}Bir kuni uvoling tutar, bolajon.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,Loladan ham mahzun jonajonlarga,Kulgusi yig‘iga ulanmasin hech,Dunyoni beringlar bolajonlarga. (x2)

Onangni topolmay sarson-u sargardon,Munchoq ko‘zlaringdan tomchilaydi yosh.Ohingdan titraydi zamin-u zamon,Senga oy onadir, otadir quyosh.

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Dunyoni bering bolajonlarga de Sardor Rahimxon. Ou les paroles du poème Dunyoni bering bolajonlarga. Sardor Rahimxon Dunyoni bering bolajonlarga texte.