Ulug‘bek Rahmatullayev "Chaqaloqlar" testo

Traduzione in:arenru

Chaqaloqlar

Arimaydi ko‘zimdan yosh,Meva berdi sabru bardosh, (2x)Borar yo‘lim yoritding,Bag‘rimdagi mitti quyosh! (2x)

Ko‘zlarimning qarosisan,Yuragimning sadosisan, (2x)Sen bilmaysan, bolaginam,Sen dadangning dunyosisan! (2x)

Naqarot:Chaqaloqlar, qo‘g‘irchoqlar,Qo‘zichoqlar, ovunchoqlar,Erib bitdi yuragimniKemiryotgan ohu vohlar.Chaqaloqlar, qo‘g‘irchoqlar,Qo‘zichoqlar, ovunchoqlar,Erib bitdi yuragimniEzayotgan ohu vohlar.

Necha yillar kutdim, bolam,Necha dardlar yutdim, bolam, (2x)Jajji qo‘lingdan bir o‘psam,Kulfatlar tark etdi, bolam!

Naqarot: ....

Sen ko‘z ochib ko‘rgan dunyoGulga ko‘milganday go‘yo,Endi bitdi g‘am-anduhlar,Menga farzand berdi xudo! (2x)

Naqarot: ....

Qui è possibile trovare il testo della canzone Chaqaloqlar di Ulug‘bek Rahmatullayev. O il testo della poesie Chaqaloqlar. Ulug‘bek Rahmatullayev Chaqaloqlar testo.