Ulug‘bek Rahmatullayev "Layloyimsan" testo

Traduzione in:arenru

Layloyimsan

Yangrar dilim qo‘shig‘i,Menman gulim oshig‘i.Edim muhabbat xastasi,Nafasim – dard guldastasi.Oshiqman...

Sho‘x eding, beg‘am edim,Dard eding, alam edim,Kuyingda men sado edim,Ko‘yingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,Orzuimda ro‘yoyimsan.Yuragim sof havosi sen,Oshifta qalb navosi sen.

Men oshig‘ing, Majnuningman,Ham umrbod maftuningman.Majnunu Layli bexabarKezadurman, oh, darbadar.

Mastu parishonu xarob,Har orzuyim bo‘lib sarob,Shoyadki oxir oqibatTiriltirsa bas muhabbat.

Bo‘lib ishq ovorasiSevgidan, qalbim porasiEding, saodat shodasi,Beg‘ubor ko‘ngil bodasi.Oshiqman...

Moh eding, osmon edim,Gul eding, bo‘ston edim,Kuyingda men sado edim,Ko‘yingda men ado edim.

T a k r o r l a sh:Layloyimsan, daryoyimsan.....................................................Tiriltirsa bas muhabbat.

Qui è possibile trovare il testo della canzone Layloyimsan di Ulug‘bek Rahmatullayev. O il testo della poesie Layloyimsan. Ulug‘bek Rahmatullayev Layloyimsan testo.