Ulug‘bek Rahmatullayev "Anhor" testo

Traduzione in:tr

Anhor

Uyg`onganda qizg`aldoqlarAnhor bo`yiga shoshaman,Shu anhorda qachonlardirSeni ilk bor uchratganman.

Shahlo ko`zlaringga boqib,Silagandim sochlaringni.Yulduz tunni yoqtirgandek,Yoqtirardim nozlaringni.

Bir kun sendan ayrilishimXayolimga ham kelmasdi,Men-ku, jondan ortiq sevdim,Sening qalbing sevolmadi. (x2)

Iforin sochgan gulga qo`nar kapalak,O`sha gul sen, oshig`ing men bo`lsam kerak.Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar,Guldan ayrilib yig`laydi kapalaklar.

Yana qaytdim o`tmishimga,Yarim ko`nglim yana siniq.Agar bilsang, aytgin anhor,Men sevgan qiz kimni sevar?

Unutgandir balki meni,O`zga bilan band o`ylari.Yoki meningdek pinhonaYig`lab chiqar kechalari.

Ne azobga duchor bo`ldim,Anhordir mening guvohim.O`sha qizni uchratganim,Sevganim – yolg`iz gunohim. (x2)

Iforin sochgan gulga qo`nar kapalak,O`sha gul sen, oshig`ing men bo`lsam kerak.Bahorni yoz alishdi, yopildi gullar,Guldan ayrilib yig`laydi kapalaklar. (x2)

Qui è possibile trovare il testo della canzone Anhor di Ulug‘bek Rahmatullayev. O il testo della poesie Anhor. Ulug‘bek Rahmatullayev Anhor testo.