Manzura "Qaynonajon" paroles

Traduction vers:ru

Qaynonajon

Qaynonajon, qaynona!Kulishingizdan aylanay!Qiyilib, yugurib, sizningXizmatingizda bo‘lay!

Siz, birovning bolasi,Bo‘ldingiz o‘g‘lim egasi...Oq yuvib, oq taraganMenman bolam onasi!

Qaynab-qaynab toshsangiz,Sovuq kuchingiz bo‘lay,Sizni deb mendan kechsa,O‘g‘lingizdan o‘rgilay!Kelin emas, sizga qiz bo‘lay,Tun o‘rniga sizga kun bo‘lay,Xizmatingizda bo‘lib,Erka qizingiz bo‘lay!

Menga qizmas, kelin bo‘lasiz,Kulganimda siz ham kulasiz,O‘g‘lim sevib, gul bersa,Rozi bo‘lsam, olasiz!

Tillaringizdan zaharChak-chak tomib tursa ham,Qancha yaxshilik qilsam,Sizga, jonim, shuncha kam!

Tillarimdagi zahar -Dilimdagi dardlarim.Ko‘zingizni yoshlamang,Og‘ir botsa gaplarim:Odamassiz - bu bor gap! –Kech tushmay, bo‘lasiz dard,Mendan holim so‘ramay,O‘g‘limni o‘rab-chirmab!

Kelin emas, sizga qiz bo‘lay,Tun o‘rniga sizga kun bo‘lay,Xizmatingizda bo‘lib,Erka qizingiz bo‘lay!

Menga qizmas, kelin bo‘lasiz,Kulganimda siz ham kulasiz,O‘g‘lim sevib, gul bersa,Rozi bo‘lsam, olasiz!

Ici on peut trouver les paroles de la chanson Qaynonajon de Manzura. Ou les paroles du poème Qaynonajon. Manzura Qaynonajon texte.