16-17 Yashimda
Ayrilib men aqlu hushimdan,Qizlarni ko`rardim tushimda.Ertakka ishonib yashardim,O`n olti, o`n yetti yoshimda.
Do`stlarim sevganing kim derdi,Aytaqol, yurakdan kim urdi?Ne qilay, men undan ayrildim,O`n olti, o`n yetti yoshimda.
Ayrilib men aqlu hushimdan,Qizlarni ko`rardim tushimda.Ertakka ishonib yashardim,O`n olti, o`n yetti yoshimda.
Men sevganim haqida o`ylardim,Osmonga dardimni so`ylardim,Yomg`irga qo`shiqlar kuylardim,O`n olti, o`n yetti yoshimda.
Bir tushdek o`tdi-da, ketdi-da,Yigitlik yoshimiz yetdi-da,Hayot ham boshqacha edi-daO`n olti, o`n yetti yoshimda. {x2}
Ayrilib men aqlu hushimdan,Qizlarni ko`rardim tushimda.Ertakka ishonib yashardim,O`n olti, o`n yetti yoshimda.
Cho`ntakda hech nima yo`q edi,Qorinmas, lek ko`nglim to`q edi,Olov edim, yonar cho`g` edim,O`n olti, o`n yetti yoshimda. {x2}
Ayrilib men aqlu hushimdan,Qizlarni ko`rardim tushimda.Ertakka ishonib yashardim,O`n olti, o`n yetti yoshimda. (x1+x2)
Ertakka ishonib yashardim,O`n olti, o`n yetti yoshimda.